
Yaponiyaning Nissan Motor avtomobilsozlik kompaniyasi ijrochi direktori Karlos Gon o‘z lavoziini tark etmoqda. Uning o‘rnini kompaniya top-menejeri Xiroto Saikava egallaydi, deb ma’lum qildi Kun.uz sayti.
"Yaqinda Mitsubishi Motors’da o‘z zimmamga yangi majburiyatlarni olib va Nissan aksiyadorlarining bo‘lg‘usi umumiy yig‘ilishini e’tiborga olib, Xiroto Saikava meni Nissan ijrochi direktori lavozimida almashtirishi vaqti keldi deb qaror qildim", deb aytdi Gon.
Saikava yangi lavozimini 1 apreldan bajarishga kirishadi.
Nissan Motor Yaponiyaning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyalaridan hisoblanib, uning tarkibiga Renault-Nissan alyansi kiradi. Kompaniyaning xodimlari soni 247,5 mingga yaqin kishini tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar