
Uyali telefonlar tarixidagi eng ko‘p sotilgan qurilmalar reytingi bilan tanishing. Ularning nomlari bilan birga, ushbu modellardan butun dunyoda jami nechta sotilgani haqidagi ma’lumot ham keltirilgan.
8) Samsung E1100 (2009) — 150 millionta sotilgan
Bir marta olgan quvvati 13 kunga etgan oddiy, qulay va yengil telefon.
7) Nokia 5230 (2009) — 150 millionta
Nokia inqirozi davri boshida, hali marka o‘z kuchini va muxlislarning sevgisini saqlab turgan vaqtda chiqarilgan.
6) Nokia 6600 (2003) — 150 millionta
Nokia’ning «oltin davri»dagi smartfon. Boshida u 600 evro turgan va o‘sha vaqtdagi o‘lchovlar bo‘yicha ulkan 2,16 dyuymli ekran, GPRS, Bluetooth, 104 Mgs prosessor bilan jihozlangan.
5) Nokia 1200 (2007) — 150 millionta
Birinchi iPhone chiqqan yili Nokia fonarli telefonlarni yaratdi va 150 millionta nusxani sotdi.
4) Nokia 3210 (1999) — 160 millionta
Yangi ming yillik boshida mashhur bo‘lib ketgan zamonaviy telefon. Ichki antenna, T9 tezkor harf terish va «Ilon» turidagi o‘yinlar to‘plamiga ega ilk mobil telefonlardan biri.
3) iPhone 6 va iPhone 6 Plus (2014) — 220 millionta
iPhone 6 va ayniqsa, iPhone 6 Plus ekran hajmi borasida oldinga tashlangan katta qadam bo‘ldi.
2) Nokia 1110 (2005) — 250 millionta
Nokia qo‘ng‘iroq qilish va SMS-xabar yozish mumkin bo‘lgan arzon va oddiy telefon bo‘lish bilan birga, o‘sha vaqtdagi eng oddiy interfeysga ham ega edi.
1) Nokia 1100 (2003) — 250 milliontadan ortiq
Bu eng mashhur yoki eng zamonaviy telefon bo‘lmasa-da, u 250 million kishiga mobil aloqadan foydalanish quvonchini bag‘ishladi va tarixdagi eng ko‘p sotilgan telefonga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar