date
views 3 925

Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi

Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi selfisevarlar uchun yangi foydali aksessuari - Mi Tripod Selfie Stick'ni namoyish etdi, deb xabar berdi Kun nashri.

Yangi jihoz smartfonning frontal kamerasiga s’yomkaga olishga mo‘ljallangan monopod hisoblanadi. U zarurat tug‘ilganida tripodga (uch oyoqli uskuna) aylanadi.

Mahsulot alyuminiy qotishmadan iborat teleskopik asos, mobil qurilma uchun 360 darajaga buriluvchi yumshoq qisqich, rezina dasta va masofadan boshqariluvchi pultga ega. U dastaga mahkamlanib, 10 metrgacha bo‘lgan masofadan foydalaniladi.

Mi Tripod Selfie Stick uskunasi Android 4.3 KitKat, shuningdek iOS 5 va undan keyingi boshqaruv ostidagi smartfonlarga ulanadi. Yig‘iluvchi portativ monopod-transformer 155 gramm og‘irlikka ega. U qora va kulranglarda taklif etiladi. Narxi - 13 dollar. Hozircha uni faqat Xitoy hududida xarid qilish mumkin.





Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi