Xitoydagi yirik korporasiyaga tegishli Maze kompaniyasi jahon smartfon bozorining yangi ishlab chiqaruvchisi sifatida raqiblariga qarshi maydonga tushdi. «Olamingni kengaytir» shiorini tanlagan, 850 nafar xodimga ega kompaniyada 80 dan ziyod dasturchi va AKT injinirlari eng yaxshi mobil texnologiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ish olib bormoqdalar. Maze IT-bozorining Qualcomm, Samsung, Japan Display, MediaTek va boshqa yirik sanoatchilari bilan hamkorlik qilmoqda, deb yozadi Terabayt sayti.
Kompaniyaning ilk smartfoni Maze Alpha deb nomlanadi. Displey diagonali 5,5 dan 6 dyuymgacha bo‘lgan gadjetning ekrani AMOLED platformasida ishlaydi. Ekran Gorilla Glass 4 himoya shishiasi bilan qoplangan bo‘lib, sig‘imi 1920 x 1080 pikselni tashkil qiladi. Orqa paneldan ko‘rinib turibdiki, devaysda bosh kamera qo‘sh ob’ektivli bo‘ladi. Operasion tizim masalasida esa Android 7.0 Nougat ma’qul ko‘rilgan.
Maze Alpha reklama shiori quyidagicha: «Bir nechta jihatlarning o‘zi etarli emas». Suratdan ko‘rinib turibdiki, bu smartfon romsiz ekranli bo‘lib, ayni paytda ommalashayotgan Xiaomi Mi Mix’ga raqiblik qiladi.
Maze Alpha joriy yilning aprel oyida taqdim etiladi. Maze kompaniyasi vakilining ma’lum qilishicha, smartfon Evropa bozori uchun ishlab chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi