date

Telegram messenjerida yana yangi funksiya joriy etiladi

Telegram messenjerida yana yangi funksiya joriy etiladi

Telegram'da yana bir yangi funksiya ishga tushiriladi. Bu haqda “Beta Info” axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yangilik orqali shaxsiy yozishmalardagi xabarlarni ko‘chirish imkoniyati cheklanadi. Ayni paytda faqat kanallarda xabarlarni nusxalashni bloklash mumkin edi. Yaqin orada ushbu imkoniyat shaxsiy xabarlarda ham amal qila boshlaydi.

Shunday qilib, foydalanuvchilar endi nafaqat kontaktlarining xabarlarni ko‘chirib olishini, balki shaxsiy suhbatlardagi kontentni saqlash yoki boshqa joyga yuborishini ham cheklash imkoniga ega bo‘ladi.

Nusxalashdan himoyani faollashtirish uchun kontakt profiliga kirib, “Kontaktni tahrirlash” – “Nusxalashni bloklash” funksiyasini tanlash talab etiladi.

Ayni damda mazkur funksiya Telegram'ning iOS uchun beta versiyasida – 12.5 (32413) talqinida mavjud. Biroq hozircha u to‘liq ish rejimga tushirilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Telegram messenjerida yana yangi funksiya joriy etiladi