12:05 / 22.03.2017
9 202

Olimlar Er va Mars to‘qnashishi mumkinligini ma’lum qildi

Olimlar Er va Mars to‘qnashishi mumkinligini ma’lum qildi
AQShning Viskonsin universiteti olimi Stiven Meyers Er va Mars milliardlab yildan so‘ng to‘qnashishi mumkinligini aytdi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Meyers va uning hamkasblari Quyosh tizimi tartibsiz tizim degan xulosaga keldi, ya’ni uning xatti-harakatlari boshlang‘ich sharoitlar o‘zgarishidan ta’sir oladi. Ushbu holatda bu sayyora orbitasining kepler elementlari biroz o‘zgarsa ham, katta vaqt oralig‘idan so‘ng butun tizim dinamikasida katta o‘zgarishlarga olib keladi.

Olimlar Quyosh tizimida tartibsiz jarayonlar izlarini topa oldi. Buning uchun mutaxassislar geologik ma’lumotlar yordamida sayyoraga tushadigan nur oqimi o‘zgarishlarini kuzatdi. Energiyaning tebranishi, o‘z navbatida, sayyora orbitasi elementlarining o‘zgarishlariga bog‘liq va iqlim o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi.

Olimlar so‘nggi 50 million yil ichida Er orbitasi 2,4 million yil davriylik bilan o‘z shaklini biroz o‘zgartirganidan xabardor edi. Taxminan shunday davriylikda iqlim o‘zgarishlari ham qayd etilgan. Ammo Koloradoda topilgan namunalar taxminan 85 million yil avval davriylik 1,2 million yilga teng bo‘lganini ko‘rsatdi.

Iqlim o‘zgarishlari davriyligining ikki hissa ortishini olimlar Er va Marsning o‘zaro ta’siriga bog‘ladi. Ularning fikricha, bunday hodisa tartibsiz tizimlarga xos.

Xususan, bu yaqin milliard yillar ichida Er va Mars to‘qnashishi mumkinligini bildiradi (agar ungacha ular Quyosh tomonidan yo‘q qilib yuborilmasa). Shu bilan birga, olimlar falokat ehtimoli o‘ta kichik ekanligini ta’kidlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar Er va Mars to‘qnashishi mumkinligini ma’lum qildi