17:02 / 24.03.2017
5 833

Apple iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi

Apple iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi
Apple korporasiyasi ikkita aksessuarga patent olish bo‘yicha murojaat yubordi, ularning yordamida iPhone hamda iPad’ni noutbukka aylantirish mumkin. Hujjat AQShning patentlar va tovar belgilari bo‘yicha byurosi saytida e’lon qilingan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Aksessuarlardan iOS-qurilmalardan o‘ziga xos tutqich sifatida foydalanish mumkin. Bunda iPad ekran sifatida ishlatiladi hamda unga trekpadli klaviatura ulanadi. Ikkinchi aksessuar o‘z displeyi bilan jihozlangan va iPhone’ga mo‘ljallangan.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, qurilmada videokarta, portlar va to‘laqonli noutbukning boshqa qismlari ham bo‘lishi mumkin. Biroq unga ishlash uchun iOS-devays talab etiladi, u kerakli prosessor quvvatlarini taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi