date

Apple macOS Tahoe 26.3.1 yangilanishini taqdim etdi

Apple macOS Tahoe 26.3.1 yangilanishini taqdim etdi

Apple kompaniyasi o'zining operatsion tizimi uchun navbatdagi kichik yangilanish — macOS Tahoe 26.3.1 versiyasini foydalanuvchilarga taqdim etdi. Mazkur yangilanish o'tgan oyda chiqarilgan 26.3 versiyasidan uch hafta o'tib e'lon qilindi va tizim barqarorligini oshirishga qaratilgan. Bu haqda macrumors.com xabar beradi.

Ushbu yangilanishning asosiy o'zgarishi sifatida yangi Studio Display hamda Studio Display XDR monitorlari uchun to'liq qo'llab-quvvatlash funksiyasi qo'shilganini aytish mumkin. Shuningdek, kompaniya ushbu monitorlar uchun maxsus proshivka yangilanishini ham chiqardi. Yangi monitorlar 11-mart, chorshanba kunidan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Mac foydalanuvchilari yangilanishni o'rnatish uchun tizim sozlamalariga (System Settings) kirib, "Dasturiy ta'minotni yangilash" (Software Update) bo'limi orqali yuklab olishlari mumkin. Apple mutaxassislari barcha foydalanuvchilarga tizimni o'z vaqtida yangilab borishni tavsiya qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple macOS Tahoe 26.3.1 yangilanishini taqdim etdi