date

UGREEN Thunderbolt 5 texnologiyali yangi dok stansiyalarni taqdim etdi

UGREEN Thunderbolt 5 texnologiyali yangi dok stansiyalarni taqdim etdi

Texnologiya olamida o'z o'rniga ega bo'lgan UGREEN kompaniyasi Thunderbolt 5 standartini qo'llab quvvatlovchi yangi Maxidok dok stansiyalari turkumini taqdim etdi. Foydalanuvchilar e'tiboriga havola etilgan Maxidok 17 in 1 hamda Maxidok 10 in 1 modellari o'zining yuqori unumdorligi va funksionalligi bilan ajralib turadi. Bu haqda mobile-review.com xabar beradi.

Flagman hisoblangan 17 portli model ayniqsa mutaxassislar uchun juda qulay. Unda 8 terabaytgacha bo'lgan M.2 NVMe formatidagi SSD xotira uchun maxsus joy mavjud. Ushbu slot 80 Gbit/s tezlikda ishlaydi, bu esa qurilmani oddiy dok stansiyadan tashqi xotira qurilmasiga aylantirish imkonini beradi. Shuningdek, qurilma 120 Gbit/s o'tkazuvchanlik qobiliyatiga ega ikkita Thunderbolt 5 porti, USB A va USB C ulagichlari hamda 2.5 Gbit/s tezlikdagi Ethernet porti bilan jihozlangan. 240 vattli quvvat bloki noutbukni 140 vattgacha quvvat bilan ta'minlay oladi.

Kichikroq bo'lgan 10 portli model esa ixchamlikni qadrlaydiganlar uchun mo'ljallangan. Unda SSD uchun joy mavjud emas, biroq u standart gigabitli Ethernet va 100 vattgacha quvvat uzatish imkoniyatiga ega. Qurilmalar sotuvi 2025 yil 24 mart kunidan boshlanishi rejalashtirilgan. Narxlarga to'xtaladigan bo'lsak, 17 portli model 390 dollar, 10 portli versiya esa 250 dollar etib belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » UGREEN Thunderbolt 5 texnologiyali yangi dok stansiyalarni taqdim etdi