22:41 / 29.05.2015
6 733

YouTube videoportali o‘zining 10 yilligiga eng mashhur videolardan tuzilgan miks yaratdi

YouTube videoportali o‘zining 10 yilligiga eng mashhur videolardan tuzilgan miks yaratdi

YouTube videoportali yaratuvchilari portal tashkil topganining 10 yilligiga “The A-Z of YouTube” (YouTube A dan Ya gacha) deb atalgan, xizmatning faoliyati davomidagi eng mashhur kliplardan tuzilgan klip yaratdi. Ushbu rolik YouTube Spotlight rasmiy kanalida joylashtirildi va namoyishning birinchi kunlarida 2,8 mln marta ko‘rildi, deb xabar benrmoqda Kun.uz.

Umumiy hisobda ushbu miks klipda 75ta eng mashhur kliplar jamlangan, ularni shartli ravishda 18ta uslub – hayvonlar, memlar, yangiliklar, Gangnam Style va boshqalarga ajratish mumkin. Bu klipdagi barcha ishtirokchilarning to‘liq ro‘yxati rolikning YouTube’dagi sahifasida chop etilgan.

Yubileyga atalgan video mashhur videolar kitobini ochish bilan boshlanadi va oxirida YouTube’da birinchi joylashtirilgan “Men hayvonot bog‘idaman” degan klipga havola berish bilan yakunlanadi. Darvoqe, bu klipni hali ham YouTube’da ko‘rish mumkin va 10 yil ichida u 24 mln marta namoyish qilingan.

YouTube’da joylashtirilgan eng mashhur video Gangnam Style klipi bo‘lgan, u 2012 yilning iyul oyidan 2015 yilning may oyigacha 2,3 mlrd martadan ko‘proq namoyish yig‘gan. 2014 yilda ushbu klip 2 147 483 647 marta namoyish qilinib, YouTube’ning hisoblagichi ishdan chiqishiga sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube videoportali o‘zining 10 yilligiga eng mashhur videolardan tuzilgan miks yaratdi