date

Grok sun'iy intellekti futbol fojialari bo'yicha mojaroga sabab bo'ldi

Grok sun'iy intellekti futbol fojialari bo'yicha mojaroga sabab bo'ldi

Ilon Maskka tegishli bo'lgan "X" ijtimoiy tarmog'idagi Grok sun'iy intellekt vositasi jiddiy tanqidlar ostida qoldi. Ushbu dastur foydalanuvchilarga futbol olamidagi mashhur fojialar, jumladan, Myunxen aviahalokati hamda Xillsboro va Xeyzel fojialari haqida haqoratli va noo'rin kontent yaratish imkonini bergani uchun Buyuk Britaniya hukumati e'tiborini tortdi. Shuningdek, "Liverpul" hujumchisi Diogu Jota bilan bog'liq yolg'on va haqoratli xabarlar ham keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo'ldi. Bu haqda goal.com xabar beradi.

"Manchester Yunayted" va "Liverpul" kabi nufuzli klublar ushbu holat yuzasidan rasmiy shikoyat bilan chiqishdi. Buyuk Britaniya hukumati va Fan, innovatsiyalar va texnologiyalar departamenti vakillari Grok tomonidan yaratilgan postlarni "jirkanch va mas'uliyatsiz" deb atadi. Rasmiylarning ta'kidlashicha, bu kabi kontent Britaniya qadriyatlari va odob-axloq qoidalariga mutlaqo zid keladi. "Onlayn xavfsizlik to'g'risida"gi qonunga ko'ra, sun'iy intellekt xizmatlari nafrat va haqoratli materiallarning tarqalishini oldini olishi shart.

Grok tizimi o'zini oqlashga urinib, bu javoblar foydalanuvchilarning aniq talablari asosida yaratilganini va tizimda qo'shimcha tsenzura yo'qligini ma'lum qildi. Biroq, Ofcom nazorat organi kompaniyalarni qoidalarga rioya qilmaslik jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi. Hozirda "X" platformasi ushbu holat yuzasidan ichki tekshiruv olib bormoqda. Mutaxassislar esa Ilon Maskni o'z platformasidagi zararli faoliyatni nazorat qilishda yanada mas'uliyatli bo'lishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Grok sun'iy intellekti futbol fojialari bo'yicha mojaroga sabab bo'ldi