date

Sun'iy intellekt markazlari yangi uylar qurilishini to'xtatishi mumkin

Sun'iy intellekt markazlari yangi uylar qurilishini to'xtatishi mumkin

Buyuk Britaniya hukumati sun'iy intellekt ma'lumotlar markazlariga elektr tarmog'iga ulanishda ustuvorlik berishni rejalashtirmoqda. Biroq quruvchilar bu qaror yangi uylar qurilishiga jiddiy to'sqinlik qilishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda bbc.com xabar beradi.

Hozirgi kunda shifoxonalardan tortib sanoat obyektlarigacha bo'lgan barcha yangi infratuzilmalar elektr energiyasiga ulanish uchun virtual navbatga turishi kerak. 2025 yilning birinchi yarmida bu navbat 460 foizga o'sdi. Bunga asosan juda ko'p energiya talab qiladigan ma'lumotlar markazlari sabab bo'lmoqda. Natijada ba'zi loyihalar ishga tushish uchun yillab kutishiga to'g'ri kelyapti.

Yangi takliflarga ko'ra, iqtisodiy o'sish va yangi ish o'rinlari yaratishni va'da qilgan loyihalar navbatni chetlab o'tishi mumkin. Hukumat sun'iy intellekt infratuzilmasi, elektromobillarni quvvatlash stansiyalari kabi muhim loyihalarga shunday imkoniyatni bermoqchi. Sun'iy intellekt bo'yicha vazir Kanishka Narayan bu islohotlar mamlakatni yanada boy va adolatli qilishiga ishonishini ta'kidladi.

Ammo Uy quruvchilar federatsiyasi yangi uylar ustuvor infratuzilmalar ro'yxatiga kiritilmaganidan norozi. Federatsiya vakili Stiv Tyornerning aytishicha, uy joy inqirozi davom etayotgan bir paytda, energiya tejamkor oilaviy uylardan ko'ra ko'p energiya sarflaydigan ma'lumotlar markazlariga afzallik berilishi adolatsizlikdir. Agar uylar qurilishiga e'tibor qaratilmasa, elektr quvvati cheklangan hududlarda yangi uylar qurilishi butunlay to'xtab qolishi mumkin.

Hozirda mamlakat bo'ylab 500 ga yaqin ma'lumotlar markazi mavjud bo'lib, ular umumiy elektr energiyasining 2 foizini iste'mol qiladi. Sun'iy intellektning rivojlanishi bilan bu ko'rsatkich 2050 yilga borib olti barobarga oshishi kutilmoqda. Londonning ba'zi hududlarida elektr tarmog'i o'zining eng yuqori chegarasiga yetgani sababli yangi uylar qurilishi allaqachon vaqtinchalik to'xtatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Sun'iy intellekt markazlari yangi uylar qurilishini to'xtatishi mumkin