Bugungi kunda eng ommabop brauzerlardan biri — Google Chrome saytlar va internet-sahifalarning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beruvchi maxsus kengaytmalarni taklif qiladi. Kengaytmalar do‘koniga kirish uchun (ularning katta qismi bepul) Sozlamalar→Kengaytmalar→Yana kengaytmalar (sahifa pastida)ga o‘tishingiz kifoya.
Mini YouTube
Ushbu kengaytma sahifani pastga o‘tkazayotgan vaqtingizda, qo‘yilib turgan videodan iborat oynachani hosil qiladi. Oynachaning o‘zingizga qulay o‘lchamini va joylashuvini tanlashingiz mumkin.
Better Search
U sizga Google’da tezroq va samaraliroq qidirish imkonini beradi. Shu bilan birga, u nafaqat qidiruv tizimining allaqachon mavjud imkoniyatlarini samaraliroq qo‘llashda yordam beradi, balki o‘zining bir qator noyob funksiyalarini ham qo‘shadi.
The Great Suspender
Ushbu kengaytma Chrome’ning ko‘p trafik va ko‘p quvvat sarf qilish muammosini hal etishda ko‘maklashadi. U brauzerdagi foydalanilmayotgan ilova (vkladka)larni «uxlatib qo‘yadi», shu tariqa, akkumulyator quvvati va tezkor xotirani tejaydi.
Mata
Brauzerga tungi rejimni qo‘shadigan kengaytma. U kechki payt, ko‘zlar yorug‘likka yanada ta’sirliroq bo‘lib qolgan vaqtda o‘qishni qulay qilish uchun kerak. Kengaytma tungi rejimni yoqadigan va o‘chiradigan bitta tugmadan iborat.
Minimap
Ba’zi veb-sahifalar juda katta hajmli bo‘lganidan, uning eng pastiga tushish uchun sichqoncha g‘ildirakchasini bir necha o‘n marta aylantirishga to‘g‘ri keladi. Minimap bunday sahifaning taxminiy xaritasini kichraytirilgan tasvir sifatida ko‘rish imkonini beradi. Shu tariqa, sahifaning qaysi qismida ekanligingizni baholaysiz, zarur bo‘lsa bir marta sichqonchani bosish orqali, kerakli joyga o‘tasiz.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi