16:29 / 02.04.2017
6 359

Kriptovalyuta Yaponiyada rasmiy to‘lov vositasiga aylandi

Kriptovalyuta Yaponiyada rasmiy to‘lov vositasiga aylandi
Yaponiyada 1 aprel kuni valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi. Unga muvofiq, kriptovalyuta, xususan, bitkoinlar to‘lov vositasi maqomiga ega bo‘ldi. Rasmiy pul birligi sifatida faqat iena qoldi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Qonunning kuchga kirishi munosabati bilan, yapon banklari blokcheyn texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishni va banklararo pul o‘tkazmalarida ulardan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishni boshlaydi.

Nikkei nashrining yozishicha, Yaponiyada Bitcoin, Ripple, Litecon va boshqa virtual valyutalarning mamlakat bo‘ylab aylanmasi 185 milliard ienani (1,67 milliard dollarni) tashkil etadi.

Fuji Chimera tadqiqot instituti mutaxassislari 2020 yilga borib bu ko‘rsatgich 10 barobarga oshib ketishini taxmin qilmoqda.

Mart oyida bitkoinlarning kotirovkasi o‘z qiymati bo‘yicha rekord o‘rnatgan — bir bitkoinning qiymati 1250 dollarga etib, kriptovalyutaning narxi oltindan oshib ketgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kriptovalyuta Yaponiyada rasmiy to‘lov vositasiga aylandi