date

Redmi Watch 6 va Redmi Watch 6 NFC global bozorga chiqdi

Redmi Watch 6 va Redmi Watch 6 NFC global bozorga chiqdi

Ilgari faqat Xitoy bozorida taqdim etilgan Redmi Watch 6 va Redmi Watch 6 NFC aqlli soatlari endilikda global miqyosda sotuvga chiqarildi. Hozirda ushbu qurilmalar Polsha, Ruminiya va Tailand bozorlarida xaridorlarga taqdim etilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi modellar 2,07 dyuymli yirik AMOLED displey bilan jihozlangan boʻlib, uning eng yuqori yorqinligi 2000 nitga yetadi. Qurilmalar sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasi hamda 150 dan ortiq sport mashgʻulotlari rejimini qoʻllab-quvvatlaydi.

Soatlarning akkumulyator sigʻimi 550 mA/soatni tashkil etadi, bu esa bir marta quvvatlash orqali 24 kungacha ishlash imkonini beradi. Redmi Watch 6 NFC versiyasi esa Mastercard va Visa kartalari yordamida kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirish funksiyasiga ega.

Narxlarga toʻxtaladigan boʻlsak, standart Redmi Watch 6 modeli taxminan 100-120 dollar atrofida sotilmoqda. NFC funksiyasiga ega versiya esa hozircha faqat Polshada mavjud boʻlib, uning narxi taxminan 137 dollarni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Redmi Watch 6 va Redmi Watch 6 NFC global bozorga chiqdi