date

Honor Watch 6 Plus smart-soati 35 kunlik quvvat bilan chiqdi

Honor Watch 6 Plus smart-soati 35 kunlik quvvat bilan chiqdi

"Honor" kompaniyasi Xitoyda o'zining yangi "Watch 6 Plus" aqlli soati uchun oldindan buyurtma berish jarayonini boshladi. Qurilmaning asosiy o'ziga xosligi uning 1000 mAs sig'imli "Qinghai Lake" batareyasi bo'lib, ishlab chiqaruvchi uni sohadagi eng yirik akkumulyator deb atamoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, yangi model bir marta quvvatlangach 35 kungacha avtonom rejimda ishlay oladi. Bu ko'rsatkich "Watch 6 Plus"ni o'z klassidagi eng chidamli qurilmalardan biriga aylantiradi.

Soat ko'k, kulrang, jigarrang va qora rangli tasmalar bilan taqdim etiladi.

Qurilma 120 dan ortiq sport rejimini, jumladan, yugurish, badminton va futbol uchun maxsus profillarni qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u qon bosimi oshishi xavfini baholash, apnoe holatini kuzatish va boshqa salomatlik ko'rsatkichlarini monitoring qilish funksiyalariga ega.

Soatga sun'iy intellekt yordamchisi ham o'rnatilgan.

Yangi aqlli soatning rasmiy taqdimoti 25 may kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Qurilmaning ochiq savdolari esa 29 may sanasidan boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Honor Watch 6 Plus smart-soati 35 kunlik quvvat bilan chiqdi