Boston Dynamics robot-iti qurilish ob'yektlarini qo'riqlashni boshladi

1 daqiqa o'qish165
Boston Dynamics robot-iti qurilish ob'yektlarini qo'riqlashni boshladi

"Boston Dynamics" va "Asylon" kompaniyalari hamkorlikda DroneDog deb nomlangan robotlashtirilgan qo'riqchini namoyish etdi. Ushbu qurilma mashhur to'rt oyoqli Spot roboti asosida yaratilgan bo'lib, maxsus PupPack xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi qurilma hududlarni kecha-yu kunduz patrullash, qoidabuzarliklarni aniqlash va ob'yektlarni inson ishtirokisiz nazorat qilish imkoniyatiga ega. Robotning quvvati kamayganda, u mustaqil ravishda DogHouse quvvatlantirish stansiyasiga qaytadi.

Ushbu modul robotni noqulay ob-havo sharoitidan himoya qiladi va energiyasini tiklaydi.

DroneDog hozirga qadar real sharoitlarda 250 mingdan ortiq avtomatik missiyalarni muvaffaqiyatli yakunladi va 240 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o'tdi. U 20 karra yaqinlashtirish xususiyatiga ega teplovizor, sun'iy intellekt algoritmlari va shifrlangan aloqa tizimi bilan ta'minlangan.

Robot murakkab relyeflarda harakatlanish, zinapoyalardan ko'tarilish va qorong'uda ishlash qobiliyatiga ega. Operatorlar qurilmaga masofadan ulanib, vaziyatni nazorat qilishlari mumkin.

DroneDog robotining boshlang'ich narxi 74,5 ming dollar etib belgilandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?