date

Huawei Pura 90 flagmanlari sotuvda rekord o‘rnatdi

Huawei Pura 90 flagmanlari sotuvda rekord o‘rnatdi

Yaqinda sotuvga chiqarilgan Huawei Pura 90 turkumi o‘zidan oldingi avlod vakillariga nisbatan 1,5 barobar yuqori natijalarni qayd etmoqda. Hozirgi vaqtda xaridorlarga Pura 90 Pro va Pro Max modellari taqdim etilgan bo‘lsa, bazaviy model shu oy ichida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Tahlilchilar Huawei Pura 90 seriyasi umumiy hisobda 10 million donadan ortiq sotilishini taxmin qilishmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfonlarning ilk partiyasi 2 million donadan oshgan, bu esa Pura 80 seriyasiga qaraganda 40 foizga ko‘pdir. Xususan, Huawei Pura 90 Pro savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha Pura 80 Pro’dan 175 foizga, Pura 70 Pro’dan esa 225 foizga o‘zib ketdi.

Qurilma yangilangan dizayn, gradient ranglar va yuqori texnik imkoniyatlar bilan jihozlangan. Smartfon Kirin 9030S chipi va HarmonyOS 6.1 operatsion tizimida ishlaydi, bu esa avvalgi modelga nisbatan unumdorlikni 25 foizga oshirish imkonini berdi.

Shuningdek, flagman 6000 mA·soat sig‘imli akkumulyator, 66 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlash texnologiyalari bilan ta’minlangan. Kamera imkoniyatlarining sezilarli darajada yaxshilanganligi foydalanuvchilarning yangi mahsulotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Huawei Pura 90 flagmanlari sotuvda rekord o‘rnatdi