date

Starship yangi avlodi parvozi 20-maydan oldin amalga oshirilishi mumkin

Starship yangi avlodi parvozi 20-maydan oldin amalga oshirilishi mumkin

Aviatsiya uchun yangi navigatsiya xabarnomalari eʼlon qilindi, unga koʻra Starship Flight 12 missiyasining parvoz oynasi oʻzgarishi kutilmoqda. Maʼlumotlarga qaraganda, raketa uchirilishi 20-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:30 dan (Moskva vaqti bilan 01:30) oldin amalga oshirilmaydi. Shuningdek, zaxira sanalari 22-maygacha davom etishi mumkinligi belgilangan, biroq SpaceX hozircha ushbu oʻzgarishlar boʻyicha rasmiy bayonot bermadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kecha, 11-may kuni SpaceX Starbase kosmodromining Pad 2 maydonchasida Starship Flight 12 uchun "hoʻl" general repetitsiyani (Wet Dress Rehearsal) muvaffaqiyatli yakunladi. Bu jarayon raketa va yer usti tizimlarining parvoz oldidan oʻtkaziladigan yakuniy kompleks sinovi hisoblanib, yonilgʻi baklarini toʻliq toʻldirish va ortga hisoblash jarayonini imitatsiya qilishni oʻz ichiga oladi.

Mutaxassislar Booster 19 va Ship 39 tizimlarini yonilgʻi bilan toʻldirish jarayonini atigi 30 daqiqada yakunlashdi. Bundan avvalroq SpaceX Super Heavy raketasining 33 ta dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazgan edi. Barcha texnik tekshiruvlar ortda qolgan boʻlib, kompaniya navbatdagi tarixiy parvozga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Starship yangi avlodi parvozi 20-maydan oldin amalga oshirilishi mumkin