Xiaomi yangi magnitli quvvatlagichni taqdim etdi: samolyotga olish mumkin

Xiaomi kompaniyasi 10 000 mA•soat sig‘imga ega yangi tashqi quvvatlagichni (powerbank) taqdim etdi. Qurilma hozirda kraudfanding platformasida 349 yuan narxida sotuvga chiqarilgan bo‘lib, o‘ta ixcham va magnitli mahkamlanish tizimiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi modelning asosiy afzalligi Xiaomi Jinshajiang batareya texnologiyasidan foydalanilganidir. Bu yechim qurilma korpusini yanada yupqalashtirish bilan birga, energiya sig‘imini oshirish imkonini berdi. Natijada, gadjetning qalinligi atigi 13,2 mm ni tashkil etadi.
Qurilma magnitli konstruksiyasi tufayli ham iPhone, ham Android-smartfonlar bilan bemalol ishlaydi. U 3C sertifikatiga ega bo‘lib, xalqaro xavfsizlik standartlariga to‘liq javob beradi, bu esa uni samolyot saloniga bemalol olib kirish imkonini yaratadi.
Tashqi quvvatlagich 45 Vt gacha bo‘lgan simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu foydalanuvchilarga smartfonlar va boshqa mobil qurilmalarni qisqa vaqt ichida tezkor quvvatlab olish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!