date

SpaceX Starlink dilerlik dasturiga arizalar qabul qilishni to‘xtatdi

SpaceX Starlink dilerlik dasturiga arizalar qabul qilishni to‘xtatdi

SpaceX kompaniyasi Starlink dilerlik dasturini vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi. Bunga qiziqish bildirgan korxonalar tomonidan kelib tushgan juda ko‘p sonli arizalar sabab bo‘lgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

«Starlink endilikda vakolatli diler maqomini olish uchun arizalarni qabul qilmaydi. Dasturga bo‘lgan talabning haddan tashqari yuqoriligi sababli ro‘yxatdan o‘tish yopildi. Agar kelajakda dastur qayta ochilsa, biz bu sahifani yangilaymiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Starlink vakillarining ta’kidlashicha, servis har kuni minglab yangi foydalanuvchilarni tarmoqqa ulashda davom etmoqda. Hozirgi kunda 10 300 ta sun’iy yo‘ldoshdan iborat guruh dunyoning 160 dan ortiq mamlakatida 12 milliondan ziyod faol abonentni internet bilan ta’minlamoqda.

Avvalroq Starlink uchun uskunalar yetkazib beruvchi kompaniya prognozlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh interneti foydalanuvchilari soni ikki yildan so‘ng 100 milliondan, to‘rt yildan keyin esa 200 milliondan oshishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » SpaceX Starlink dilerlik dasturiga arizalar qabul qilishni to‘xtatdi