date

AliExpress: 2026-yil boshidagi eng ommabop quloqchinlar

AliExpress: 2026-yil boshidagi eng ommabop quloqchinlar

AliExpress MDH jamoasi platformadagi quloqchinlar savdosi tahlilini e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, foydalanuvchilar o‘rtasida simsiz quloqchinlar va to‘liq o‘lchamli modellar eng ko‘p xarid qilingan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Reyting natijalariga ko‘ra, simsiz quloqchinlar toifasida Realme Buds Air 7 Pro yetakchilik qilgan bo‘lsa, to‘liq o‘lchamli modellar orasida Ugreen HiTune Studio Pro eng ko‘p sotilgan mahsulotga aylandi.

2026-yilning birinchi choragida xaridorlar asosan o‘rta va quyi narx segmentidagi mahsulotlarga e’tibor qaratishdi. Quloqchinlarning o‘rtacha narxi 950 dan 4 400 rublgacha bo‘lgan diapazonda shakllandi.

MDH mamlakatlari foydalanuvchilari faol shovqinni bekor qilish (ANC), Bluetooth LDAC va LHDC texnologiyalari hamda 30 soatdan ortiq ish vaqtiga ega qurilmalarni afzal ko‘rishmoqda. Ushbu funksiyalar avvallari faqat flagman modellarga xos bo‘lgan bo‘lsa, hozirda o‘rta segment uchun ham standartga aylanib bormoqda.

Umumiy reytingdan Realme, Soundcore, Lenovo, Xiaomi, Ugreen, Baseus va FiiO kabi yetti brendning mahsulotlari o‘rin oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » AliExpress: 2026-yil boshidagi eng ommabop quloqchinlar