date

Anthropic biznes mijozlari soni bo‘yicha OpenAI’dan o‘zib ketdi

Anthropic biznes mijozlari soni bo‘yicha OpenAI’dan o‘zib ketdi

Fintex kompaniyasi Ramp tomonidan e’lon qilingan yangi AI indeksi ma’lumotlariga ko‘ra, Anthropic ilk bor biznes mijozlari soni bo‘yicha OpenAI’ni ortda qoldirdi. Tadqiqotda ishtirok etgan kompaniyalarning 34,4 foizi Anthropic xizmatlari uchun to‘lov qilayotgan bo‘lsa, OpenAI mijozlari ulushi 32,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Ramp iqtisodchisi Ara Xarazianning ta’kidlashicha, Anthropic moliya, texnologiya va professional xizmatlar kabi yuqori talabga ega sohalarda yetakchilikni qo‘lga kiritgan. OpenAI hali ham boshqa tarmoqlarda ustunlikni saqlab qolgan bo‘lsa-da, bu farq so‘nggi oylarda sezilarli darajada qisqarib bormoqda.

Ushbu statistika 50 mingdan ortiq kompaniya ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, u bozorning umumiy holatini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. OpenRouter platformasi ma’lumotlari ham ushbu tendensiyani tasdiqlab, Anthropic’ning so‘nggi vaqtlardagi jadal o‘sishini ko‘rsatmoqda.

O‘tgan yilning may oyida Anthropic xizmatlaridan foydalanuvchi bizneslar ulushi atigi 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 12 oy ichida bu ko‘rsatkich 26 foizga o‘sdi. Shu davr mobaynida OpenAI’ning ulushi 1 foizga kamaygan, umumiy AI mahsulotlaridan foydalanuvchi kompaniyalar soni esa 9 foizga oshgan.

Mutaxassislar Anthropic’ning muvaffaqiyatini uning dastlab texnik mutaxassislarga mo‘ljallangan strategiyasi va Cowork kabi samarali vositalarni joriy etgani bilan izohlamoqda. Garchi bu ustunlik uzoq muddat saqlanib qolishi noma’lum bo‘lsa-da, kompaniyaning tanlagan yo‘li o‘z samarasini berayotgani yaqqol ko‘rinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Anthropic biznes mijozlari soni bo‘yicha OpenAI’dan o‘zib ketdi