date

Lenovo Legion P5 10000: 100 W quvvatga ega ixcham poverbank

Lenovo Legion P5 10000: 100 W quvvatga ega ixcham poverbank

Lenovo kompaniyasi o‘zining Legion o‘yin brendi ostida yangi Legion P5 10000 tashqi akkumulyatorini taqdim etdi. Mazkur qurilma ixcham o‘lchamlari bilan bir qatorda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Qurilma 10 000 mA·soat sig‘imga ega bo‘lib, 100 W chiqish quvvatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu imkoniyat uni nafaqat smartfonlar, balki noutbuklarni ham tezkor quvvatlash uchun moslashtiradi.

Lenovo ushbu modelda o‘zining xususiy tezkor quvvatlash protokollaridan tashqari, Apple, Huawei hamda boshqa brendlar standartlari bilan moslikni ta’minlagan. Bu esa foydalanuvchilarga turli xil gadjetlarni muammosiz quvvatlash imkonini beradi.

Rasmiy sotuvlar 19-maydan boshlanishi rejalashtirilgan. Hozirning o‘zida JD.com platformasida mahsulot kartasi paydo bo‘lgan bo‘lib, uning narxi 169 yuan, ya’ni taxminan 25 dollarni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Lenovo Legion P5 10000: 100 W quvvatga ega ixcham poverbank