WhatsApp messenjerida Meta AI uchun inkognito rejimi ishga tushirilmoqda

WhatsApp messenjeri jamoasi sunʼiy intellekt bilan muloqot qilishning maxfiy usuli boʻlgan yangi funksiyani taqdim etdi. Endilikda foydalanuvchilar Meta AI bilan inkognito rejimida suhbatlashishlari mumkin, bu esa yozishmalar tarixida hech qanday iz qoldirmaslik imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ishlab chiquvchilarning taʼkidlashicha, ushbu rejimda barcha xabarlar muloqot yakunlangach, avtomatik tarzda oʻchib ketadi. WhatsApp vakillari boshqa ilovalardan farqli oʻlaroq, bu yerda na savollar, na javoblar saqlanib qolishini va hatto kompaniyaning oʻzi ham foydalanuvchi yozishmalarini oʻqiy olmasligini maʼlum qildi.
Yaqin oylarda kompaniya «Maxfiy ishlov berish» funksiyasi bilan himoyalangan qoʻshimcha chatni ham taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu foydalanuvchilarga asosiy suhbatni toʻxtatmasdan, Meta AI yordamida maxfiy masalalarni hal qilish imkonini beradi.
Meta AI bilan inkognito rejimida muloqot qilish imkoniyati yaqin oylar ichida butun dunyo boʻylab WhatsApp foydalanuvchilari uchun bosqichma-bosqich ochib boriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!