date

Huawei Mate 80 smartfonlari savdosi 6 million donaga yetdi

Huawei Mate 80 smartfonlari savdosi 6 million donaga yetdi

Huawei Mate 80 turkumidagi smartfonlar bozorda yuqori talabga ega bo‘lib, ularning umumiy sotuv hajmi 5,92 million donadan oshdi va tez orada 6 millionlik marrani zabt etishi kutilmoqda. Huawei Mate 80, 80 Pro, 80 Pro Max hamda 80 RS Ultimate Design modellaridan iborat ushbu turkum 2025-yil 25-noyabrda taqdim etilgan bo‘lib, 28-noyabrdan boshlab sotuvga chiqarilgan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Statistikaga ko‘ra, eng katta talab standart Mate 80 modeliga to‘g‘ri kelmoqda. U o‘zining flagman xususiyatlari va hamyonbop narxi evaziga ikki oy davomida eng ko‘p sotilayotgan smartfon maqomini saqlab qolmoqda. Ishlab chiqarish hajmining oshirilishi bilan birga, qimmatroq bo‘lgan Pro va RS versiyalariga ham qiziqish sezilarli darajada ortdi.

Texnik jihatdan smartfonlar kuchli protsessorlar bilan jihozlangan. Bazaviy Mate 80 Kirin 9020 chipida ishlasa, qolgan modellar Kirin 9030 va 9030 Pro platformalarida faoliyat yuritadi. Xususan, Mate 80 Pro modeli operativ xotira hajmiga qarab ikki xil — 12 GB (Kirin 9030) va 16 GB (Kirin 9030 Pro) variantlarda taqdim etilgan.

Yangi turkum o‘ziga xos innovatsiyalari bilan ham ajralib turadi. Mate 80 seriyasi operator tarmoqlariga ulanmasdan, 700 MHz chastotada favqulodda aloqani amalga oshira oladigan ilk smartfonlardir. Shuningdek, qurilmalar BeiDou tizimi orqali sun’iy yo‘ldoshli xabar almashish va MeeTime ilovasi orqali tasvirlarni uzatish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Huawei Mate 80 smartfonlari savdosi 6 million donaga yetdi