date

Panasonic Xealt L3 2026: Gidravlik tormoz va 90 km masofaga ega yangi e-velosiped

Panasonic Xealt L3 2026: Gidravlik tormoz va 90 km masofaga ega yangi e-velosiped

Panasonic Cycle Tech kompaniyasi Yaponiyada oʻzining yangilangan Xealt L3 2026 elektr velosipedini rasman taqdim etdi. Mazkur model yordamchi elektr uzatmali tizim bilan jihozlangan boʻlib, u shahar sharoitida harakatlanish uchun moʻljallangan. Yangi model iyun oyidan boshlab taxminan 1600 dollar atrofida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi avlodda texnik jihatdan bir qancha muhim oʻzgarishlar amalga oshirilgan. Xususan, velosipedning old va orqa qismlariga yangi oʻqlar oʻrnatilgani uning mustahkamligini oshirib, boshqaruvni yanada aniqroq qilgan. Eng asosiy yangiliklardan biri — mexanik tormozlar oʻrniga zamonaviy gidravlik diskli tormoz tizimining joriy etilganidir.

Xealt L3 2026 modeli 12,0 A·soat sigʻimli litiy-ionli akkumulyator bilan taʼminlangan. Batareya toʻliq quvvatlanishi uchun taxminan 4 soat vaqt talab etiladi va tejamkor rejimda 90 km masofani bosib oʻtish imkonini beradi. Shuningdek, Panasonic muhandislari shahar koʻchalari uchun maxsus moslashtirilgan yangi shinalarni ham oʻrnatishgan.

Velosipedning ogʻirligi taxminan 21 kg ni tashkil etadi va u ikki xil oʻlchamdagi (390 va 440 mm) rama bilan taklif etiladi. 8 pogʻonali transmissiyaga ega boʻlgan ushbu transport vositasi toʻrt xil rangda ishlab chiqariladi. Hozircha yangilik faqat Yaponiya bozori uchun eʼlon qilingan boʻlsa-da, u xalqaro ekspertlar eʼtiborini tortishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Panasonic Xealt L3 2026: Gidravlik tormoz va 90 km masofaga ega yangi e-velosiped