date

Yaponiyaning HTV-X yuk kemasi Tinch okeani uzra yonib ketdi

Yaponiyaning HTV-X yuk kemasi Tinch okeani uzra yonib ketdi

Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) HTV-X yuk kemasi missiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganini e’lon qildi. Qurilma atmosferaning zich qatlamlariga kirib, Tinch okeanining janubiy qismi uzra yonib ketdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu kema Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) uskunalar, oziq-ovqat va ilmiy materiallarni yetkazib berish uchun moʻljallangan yapon orbital yuk tashuvchisining yangi avlodi hisoblanadi. HTV-X 300 dan 500 km gacha boʻlgan orbitalarga taxminan 4 tonna yuk tashish imkoniyatiga ega.

Qurilma 2025-yil oktabr oyida Tanegashima kosmodromidan yangi rusumdagi H3 ogʻir raketasi yordamida koinotga uchirilgan edi. Bu JAXA uchun yangi texnologiyalarni sinovdan oʻtkazishda muhim qadam boʻldi.

2026-yil mart oyida XKSdan ajralganidan soʻng, kema orbitada avtonom rejimda ishlashni davom ettirdi. U kichik sun’iy yoʻldoshlarni uchirish va bir qator ilmiy tajribalarda ishtirok etib, oʻzining koʻp funksiyaliligini isbotladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yaponiyaning HTV-X yuk kemasi Tinch okeani uzra yonib ketdi