date

Intel, AMD va NVIDIA oʻrniga: Xitoy oʻzining sunʼiy intellekt chiplari roʻyxatini tasdiqladi

Intel, AMD va NVIDIA oʻrniga: Xitoy oʻzining sunʼiy intellekt chiplari roʻyxatini tasdiqladi

Xitoy hukumati davlat tuzilmalari va yirik davlat kompaniyalarida foydalanish uchun toʻqqizta mahalliy sunʼiy intellekt (AI) tezlatkichlarini rasman maʼqulladi. Rasmiylar Gʻarb texnologiyalaridan bosqichma-bosqich voz kechish va NVIDIA kabi Amerika kompaniyalariga qaramlikni kamaytirish maqsadida "ruxsat etilgan" chiplarning maxsus roʻyxatini shakllantirdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Sertifikatlashtirish jarayonidan Huawei va Alibaba kabi Xitoyning eng yirik IT-gigantlari ishlab chiqqan mahsulotlar muvaffaqiyatli oʻtdi. Roʻyxatga Huawei Ascend 310 va Ascend 910, shuningdek, Alibaba kompaniyasining T-Head Zhenwu M530 va M890 yechimlari kiritildi. Bundan tashqari, Biren Technology, Hygon, Iluvatar CoreX, MetaX va Moore Threads ishlanmalari ham foydalanish uchun ruxsat oldi.

Yangi sertifikatlash tizimi Xitoyning strategik muhim IT-tizimlarini oʻz uskunalari va dasturiy taʼminotiga oʻtkazish boʻyicha davlat dasturining bir qismidir. Endilikda aynan ushbu chiplar davlat xaridlari, maʼlumotlar markazlari va sunʼiy intellekt bilan bogʻliq loyihalarda ustuvor ahamiyatga ega boʻladi. Qizigʻi shundaki, Cambricon va Kunlunxin kabi yirik oʻyinchilar hozircha roʻyxatda koʻrinish bermagan.

Xitoylik ishlab chiqaruvchilar ichki bozorda NVIDIA oʻrnini jadal egallamoqda. 2025-yil yakunlariga koʻra, mahalliy kompaniyalar 1,65 million dona AI-tezlatkich yetkazib berib, Xitoy server bozorining 41 foizini egalladi. Birgina Huawei 800 mingdan ortiq chip sotishga erishdi. Biroq, ishlab chiqarish quvvatlari hamon asosiy muammo boʻlib qolmoqda, chunki deyarli barcha ishlab chiqaruvchilar SMIC zavodlariga bogʻlanib qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Intel, AMD va NVIDIA oʻrniga: Xitoy oʻzining sunʼiy intellekt chiplari roʻyxatini tasdiqladi