date

Grok 5 modeli AGI darajasiga erishish uchun C tilida yozilgan tizimda oʻqitiladi

Grok 5 modeli AGI darajasiga erishish uchun C tilida yozilgan tizimda oʻqitiladi

Ilon Mask Grok 5 sunʼiy intellekt modelini oʻqitish uchun SpaceX kompaniyasining C dasturlash tilida yozilgan shaxsiy platformasidan foydalanilishini tasdiqladi. Ushbu tizimdan koʻzlangan asosiy maqsad — apparat taʼminotining nazariy jihatdan eng yuqori unumdorligiga erishish va modellarni oʻqitish tezligini bir necha barobarga oshirishdir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avvalroq SpaceX jamoasi serverlarning "temiri" bilan bevosita va maksimal darajada yaqin ishlaydigan, C tilida yozilgan oʻquv tizimining birinchi versiyasini yakunlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu texnologiya past darajadagi (low-level) yechim boʻlib, u taxminan 220 mingta NVIDIA GB300 tezlatkichlari va 800G tarmoq interfeyslaridan iborat klaster bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning avgust oyida Ilon Mask xAI kompaniyasi Grok 5 modelini yil yakunigacha ishga tushirishini va u "hayratlanarli darajada mukammal" boʻlishini taʼkidlagan edi. Keyinchalik loyiha muddati 2026-yilning birinchi choragiga koʻchirildi, biroq hozircha aniq sanalar eʼlon qilinmagan.

Dasturchilarning fikriga koʻra, Grok 5 modeli potensial jihatdan umumiy sunʼiy intellekt (AGI) darajasiga erishish imkoniyatiga ega. Bu esa sunʼiy intellektning inson aqliy qobiliyatlari bilan tenglashishi yoʻlidagi muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Grok 5 modeli AGI darajasiga erishish uchun C tilida yozilgan tizimda oʻqitiladi