date

YouTube podkastlar uchun sunʼiy intellekt va yangi funksiyalarni taqdim etdi

YouTube podkastlar uchun sunʼiy intellekt va yangi funksiyalarni taqdim etdi

YouTube platformasi Premium obunachilar uchun podkastlar bilan ishlashni yanada qulaylashtiruvchi yangi funksiyalarni eʼlon qildi. Yangilanishlar qatoridan sunʼiy intellektga asoslangan tavsiyalar tizimi, “Auto speed” (avtomatik tezlik) rejimi hamda yoʻlda tinglash uchun maxsus interfeys oʻrin olgan. Ushbu qadam YouTube platformasining Spotify va Apple Podcasts kabi raqobatchilar bilan kurashda oʻz mavqeini mustahkamlashga qaratilgan intilishini anglatadi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Google egalik qiluvchi servisning yangi tavsiyalar tizimi foydalanuvchining kayfiyati, sevimli janrlari va avval koʻrgan koʻrsatuvlari asosida shaxsiylashtirilgan podkastlar roʻyxatini shakllantiradi. Bu funksiya avvalroq taqdim etilgan “Ask Music” vositasiga oʻxshash boʻlib, tinglovchilarga yangi kontentlarni osonroq topishga yordam beradi. Shuningdek, Netflix video podkastlar segmentiga faol kirib kelayotgan bir paytda, YouTube oʻz auditoriyasini ushlab qolishga harakat qilmoqda.

Eng qiziqarli yangiliklardan biri — “Auto speed” funksiyasidir. U nutq sekinlashgan yoki maʼlumotlar zichligi pasaygan qismlarda ijro tezligini aqlli tarzda moslashtiradi. Bu tinglovchiga vaqtni tejash imkonini beradi, shu bilan birga nutqning tushunarliligi saqlab qolinadi. Oddiy tezlikni oʻzgartirishdan farqli oʻlaroq, sunʼiy intellekt suhbatdoshlarning ohangi va surʼatiga qarab dinamik ravishda ishlaydi.

Yangi “On-the-go” rejimi esa yugurish, transportda yurish yoki boshqa ishlar bilan band boʻlgan foydalanuvchilar uchun moʻljallangan. Unda boshqaruv tugmalari yiriklashtirilgan boʻlib, epizodlarni oʻtkazib yuborish yoki keyingisiga oʻtish ancha osonlashgan. Hozirda ushbu imkoniyatlar Android foydalanuvchilari uchun ochiq, yaqin oylarda esa iOS tizimiga ham qoʻshilishi kutilmoqda.

YouTube maʼlumotlariga koʻra, platformadagi podkastlar boʻlimi har oy 1 milliarddan ortiq faol foydalanuvchiga ega. 2026-yilning aprel oyida Premium foydalanuvchilar jami 800 million soatdan ortiq podkast tomosha qilishgan. Yangi funksiyalar nafaqat ushbu koʻrsatkichlarni saqlab qolish, balki audio-kontent ixlosmandlari hisobiga auditoriyani yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » YouTube podkastlar uchun sunʼiy intellekt va yangi funksiyalarni taqdim etdi