date

Xitoy toʻrtta yangi raketa uchirishga tayyorlanmoqda

Xitoy toʻrtta yangi raketa uchirishga tayyorlanmoqda

Xitoy davlat va xususiy sektor hamkorligida bir qator yangi raketalarni uchirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Yaqin oylarda mamlakat Long March 12B, Pallas-1, Hyperbola-3 va Long March 10B kabi tashuvchi raketalarni sinovdan oʻtkazishni rejalashtirgan. Asosiy maqsad — orbitaga yuk yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirish va kelajakdagi sunʼiy yoʻldosh turkumlari hamda oy dasturi uchun koʻp marta ishlatiladigan raketalarni rivojlantirishdir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Uchirilishi eng yaqin boʻlgan Long March 12B raketasi allaqachon Szyusyuan kosmodromidagi start maydonchasiga oʻrnatilgan. Kerosin va suyuq kislorodda ishlaydigan ushbu raketa past orbitaga 20 tonnagacha yuk olib chiqish quvvatiga ega. Birinchi bosqichda qoʻnish tayanchlari koʻzga tashlangan boʻlsa-da, muhandislar uni ilk parvozdayoq qaytarib qoʻndirishga urinishlari hozircha nomaʼlum.

Xususiy kosmik loyihalar ham faol rivojlanmoqda. Galactic Energy kompaniyasi oʻzining ilk suyuq yonilgʻili Pallas-1 raketasini tayyorlamoqda. U boshidanoq koʻp marta foydalanish uchun loyihalashtirilgan boʻlib, boshqaruv rulllari va tayanchlar bilan jihozlangan. Shuningdek, iSpace kompaniyasi Hyperbola-3 loyihasi ustida ishlamoqda. Ushbu raketaning birinchi bosqichini qoʻndirish tizimi sinovlari yakunlangan va ilk parvoz 2026-yil oxirigacha amalga oshirilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Xitoy oyga uchuvchi apparatlarni yetkazish uchun moʻljallangan Long March 10B raketasini ham debyutga tayyorlamoqda. Bu tashuvchi yangi Mengzhou kemasi bilan birga oy dasturining bir qismiga aylanadi. Raketa Venchan kosmodromiga yetkazilgan va dastlabki tekshiruvlardan oʻtgan. Kelajakda Long March 10B ham dengiz platformasiga qoʻnish tizimi bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoy toʻrtta yangi raketa uchirishga tayyorlanmoqda