Toshkentda metro yonida yong‘in yuz berdi (video)

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan xususiy uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa bugun, 22 iyul kuni metroning "Turon" bekati yaqinidagi hududda yuz bergan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqida xabar soat 12:00 da kelib tushgan. Shundan so‘ng voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan yo‘l olgan va oradan 9 daqiqa o‘tib manzilga yetib borgan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in avval qurshab olinib, soat 12:29 da to‘liq bartaraf etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…