Venera-D missiyasi yaqinlashmoqda: Sunʻiy yoʻldosh antennasi sinovdan oʻtdi

Venera-D missiyasi yaqinlashmoqda: Sunʻiy yoʻldosh antennasi sinovdan oʻtdi

Moskva aviatsiya instituti mutaxassislari “Venera-DRossiya sayyoralararo missiyasi doirasida ishlab chiqilayotgan kichik retranslyator sun’iy yo’ldoshi uchun innovatsion antennani muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazdilar. Yangi antenna bilan jihozlangan kubsat (CubeSat) tadqiqot apparatlari va Yer o–Venera o’rtasida barqaror aloqani ta’minlashga xizmat qiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Qurilma maxsus aks-sadosiz kamerada sinovdan o’tkazildi va loyihalashtirish jarayonida belgilangan barcha texnik xususiyatlarni tasdiqladi. Missiya davomida ushbu kubsat Veneradagi aerostatlar va sayyora sirtidagi apparatlardan olingan fotosuratlar, telemetriya hamda boshqa ilmiy ma’lumotlarni Yerga yo’naltirib beradi.

Maxsus ishlab chiqilgan qaytaruvchi panjarali antenna ma’lumotlarni yuzlab million kilometr masofaga uzilishlarsiz uzatish imkonini beradi. U uzatgich va reflektordan iborat bo’lib, tarqoq radiosignallarni qabul qiladi va ularni xuddi “lazer nuri” kabi aniq yo’naltirilgan holda Yerga qaytaradi.

Loyiha ustida MAI Koinot texnologiyalari markazi xodimlari va Xalifa universiteti bilan hamkorlikdagi ta’lim dasturi talabalari ish olib bormoqda. Bu bo’lajak muhandislarga koinot texnikasini yaratishning to’liq siklini — loyihalashdan tortib, real uskunani sinovdan o’tkazishgacha bo’lgan jarayonni o’rganish imkonini berdi.

“Venera-D” stansiyasi loyihasi hozirda xomaki loyihalash bosqichida turibdi. Avvalroq olimlar 2030-yillarning ikkinchi yarmida ushbu missiya yordamida Venerada hayot izlarini topishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar