Google firibgarlikda ayblanayotgan Xitoy kiberjinoiy guruhini sudga berdi

1 daqiqa o'qish147
Google firibgarlikda ayblanayotgan Xitoy kiberjinoiy guruhini sudga berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Google kompaniyasi sun'iy intellekt yordamida firibgarlik sodir etib kelayotgan Outsider Enterprise nomli Xitoy kiberjinoiy tarmog'iga qarshi rasman sudga murojaat qildi.
  • Mazkur guruh taniqli brendlar, jumladan Google nomidan foydalanib, foydalanuvchilarning parollari va kredit karta raqamlarini o'g'irlash uchun soxta xabarlar yuborgan.

Google kompaniyasi sunʻiy intellekt yordamida amalga oshirilayotgan yirik kiberjinoyat operatsiyasi ortida turgan infratuzilmani yoʻq qilish maqsadida sudga murojaat qildi. Juma kuni texnologiya giganti Outsider Enterprise deb nomlanuvchi Xitoy kiberjinoiy tarmogʻiga qarshi daʻvo arizasi kiritilganini eʻlon qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Google maʻlumotlariga koʻra, ushbu guruh oʻz kampaniyalarida Google va boshqa taniqli brendlar nomidan foydalanib, foydalanuvchilarning parollari va kredit karta raqamlarini oʻgʻirlash uchun AI yordamida firibgar matnli xabarlar yuborgan. Outsider Enterprise hozirgacha yuz minglab qurbonlarni moddiy jihatdan chuv tushirgan boʻlib, yetkazilgan zarar millionlab dollarga baholanmoqda.

Guruh faoliyati davomida 9 000 ta soxta veb-sayt va 1 millionga yaqin firibgar domenlardan foydalangan. Faqatgina joriy yilning may oyidagi ikki hafta ichida Android foydalanuvchilariga 2,5 milliondan ortiq xabar yuborilgan. Google vakillarining taʻkidlashicha, ushbu davrda foydalanuvchilar tomonidan 55 000 ta spam-xabar haqida shikoyat kelib tushgan, bu esa daqiqasiga ikkitadan ortiq shikoyat deganidir.

Kompaniya bunday tahdidlarga qarshi kurashishda "AI yordamidagi firibgarliklarga qarshi AI vositalari"dan foydalanmoqda. Ushbu texnologiya shubhali qoʻngʻiroq va xabarlarni aniqlash hamda foydalanuvchilarni ogohlantirish imkonini beradi. Natijada har oyda 10 milliarddan ortiq firibgar xabarlar toʻsib qolinmoqda.

Hozirda Google ushbu kiberhujumlarni toʻxtatish uchun AT&T, T-Mobile va Verizon kabi aloqa operatorlari bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, mazkur ish boʻyicha FBI bilan koordinatsiya ishlari olib borilmoqda, biroq huquq-tartibot idoralari hozircha vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?