Andrew Yang: Navbatdagi yirik startap imkoniyati yashash xarajatlarini kamaytirishda

1 daqiqa o'qish162
Andrew Yang: Navbatdagi yirik startap imkoniyati yashash xarajatlarini kamaytirishda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Tadbirkor Andrew Yang startaplar olamidagi navbatdagi katta imkoniyat foyda olishga emas, balki insonlarning yashash xarajatlarini kamaytirishga qaratilishi kerakligini ma'lum qildi.
  • Uning fikricha, sun'iy intellekt ish haqining pasayishi va ish o'rinlarining qisqarishiga sabab bo'layotgan bir paytda, xarajatlarni pasaytirish eng daromadli yo'nalishga aylanadi.

Tadbirkor va AQSH prezidentligiga sobiq nomzod Andrew Yang startaplar olamidagi navbatdagi katta imkoniyat haqida oʻz nazariyasini ilgari surdi. Uning fikricha, asosiy eʻtibor foyda olishga emas, balki isteʻmolchilarga pulni qaytarib berishga qaratilishi kerak. Yang bu borada Mark Cuban tomonidan asos solingan, dori-darmonlarni tannarxida sotuvchi Cost Plus Drugs loyihasidan ilhomlanganini taʻkidladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yang uy-joy, taʻlim, oziq-ovqat, yoqilgʻi va aloqa kabi insonlar eng koʻp mablagʻ sarflaydigan sohalarni sanab oʻtdi. U oʻtgan yilning sentyabr oyida Noble Mobile virtual mobil aloqa operatorini ishga tushirib, anʻanaviy kompaniyalardan ancha arzon xizmat va kamroq maʻlumot ishlatgan mijozlarga pulni qaytarish tizimini joriy qildi. Uning soʻzlariga koʻra, AI ish haqining pasayishi va ish oʻrinlarining qisqarishiga sabab boʻlayotgan bir paytda, yashash xarajatlarini pasaytirish eng daromadli yoʻnalishga aylanadi.

Noble Mobile, Light Phone va Misfits Markets kabi loyihalar startapning asosiy qiymati mijozga tejab qolingan marjani qaytarish boʻlgan yangi biznes toifasining ilk namunalaridir. Yangning fikricha, AI koʻplab ish oʻrinlarini egallab olganidan soʻng, odamlar asosiy ehtiyojlarini qanday qondirish haqida bosh qotira boshlaydilar va bu yerda arzonlashtirilgan xizmatlar bozori yuzaga keladi.

Andrew Yang 2020-yilgi saylov kampaniyasida ham AI tufayli yuzaga keladigan ishsizlikka qarshi kurashish uchun universal bazaviy daromad (UBI) gʻoyasini ilgari surgan edi. U hukumatning bu boradagi samaradorligiga shubha bilan qarasa-da, bozor mexanizmlari orqali odamlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yordam berish mumkinligiga ishonadi. Hozirda Noble Mobile minglab mijozlarga ega va millionlab dollar daromad keltirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?