Nyu-Yorkdagi tadbir davomida Microsoft o‘zining Windows 10 S operasion tizimini namoyish etdi. Kompaniya buni hamyonbop kompyuterlarda ishlash uchun optimallashtirilgan – yengil operasion tizim versiyasi sifatida taqdim qilmoqda, deb yozadi Terabayt.uz sayti.
Windows 10 S’da dasturlarning, jumladan, to‘laqonli Office to‘plamining ham to‘liq desktop versiyalari bemalol ishlaydi. Yagona sharti – bu ilovalar Windows Store’da mavjud bo‘lishi lozim.
Ya’ni, agar Google o‘zining Chrome brauzerini Windows Store’ga yuklasagina, uni yangicha operasion tizimga o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Shungacha esa Microsoft o‘zining Edge brauzerini ommalashtirishda davom etaveradi.
Agarda foydalanuvchi biror dasturni Microsoft’ning do‘konidan emas, boshqa manbadan yuklab olishga urinsa, tizim unga shu dasturning Windows Store’dagi muqobilini taklif qiladi. Agarda o‘sha chet ilovaning o‘zi kerak bo‘lsa, foydalanuvchi o‘z kompyuteri tizimini Windows 10’ga yangilashi va keyin istalgan dasturni xohlagan joydan ko‘chirib olib o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Dell, HP, Samsung, Toshiba, Acer, Asus va Fujitsu allaqachon Windows 10 S’ga mos qurilmalar ustida ish boshlashgan.
Yangi tizimni qo‘llab-quvvatlovchi boshlang‘ich darajadagi noutbuklar narxi 189 AQSh dollaridan boshlanishi aytilmoqda.
Mazkur kompyuterlar avvalo ta’lim sohasiga mo‘ljallangan; shu bois narxi hamyonbop, yana unda Minecraft: Education Edition hamda Office 365 dasturlariga o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun bepul obuna yo‘lga qo‘yilgan. Bulardan tashqari, maktablarga o‘zlarining eski kompyuterlariga Windows 10 S’ni bepul o‘rnatish ham taklif qilinadi.
Yangi operasion tizimni hamda uning bazasida chiqariladigan noutbuklarni shu yil yozda – aynan yangi o‘quv yili arafasida sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?