12:54 / 03.05.2017
6 963

Sony PlayStation 4 pristavkasidan 60 mln sotishga erishdi

Sony PlayStation 4 pristavkasidan 60 mln sotishga erishdi
Yaponiyaning Sony kompaniyasi so‘nggi moliyaviy chorakdagi natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya 2017 yilning ilk 3 oyida 2,9 million dona PlayStation 4 sotishga erishgan, deb yozadi Terabayt.uz sayti. O‘tgan yilning xuddi shu davrida sotilgan o‘yin pristavkalari soni 2,3 millionni tashkil qilgan edi.

To‘liq moliyaviy yil, ya’ni 2016 yilning 1 aprelidan 2017 yilning 31 martiga qadar 20 million dona video o‘yinlar tizimlaridan sotgan. Bu avvalgi moliyaviy yilga qaraganda 2.3 million dona ko‘p PlayStation 4 sotildi degani. Natijada, Sony jahon miqyosida shu vaqtga qadar 60 million dona bunday modeldagi qurilma sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Kompaniya joriy yilda 18 million PlayStation 4 sotmoqchi. 2013 yilda taqdim etilgan video o‘yin konsoli ayni paytda jahon bozorida o‘rtacha 300 AQSh dollaridan sotilmoqda. Hozircha kompaniya tarixidagi eng ko‘p sotilgan o‘yin pristvakasi — PlayStation 3 bo‘lib, jami 80 million tirajda sotilgan.

Garchi, PlayStation 4 hisobiga Sony’ning Game & Network Services bo‘linmasining daromadi 6,3 %ga oshib, $14,73 milliardga etgan bo‘lsa-da, kompaniyaning umumiy daromadi 6,2 %ga qisqarib, $67,88 milliardni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sony PlayStation 4 pristavkasidan 60 mln sotishga erishdi