Facebook ijtimoiy tarmog‘ining dunyo bo‘ylab foydalanuvchilari soni 1,94 milliard kishiga etdi. Bu haqda kompaniyaning joriy yil birinchi kvartali uchun e’lon qilingan korporativ hisobotida ma’lum qilindi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Hujjatda qayd etilishicha, 2017 yilning 31 mart holatiga ko‘ra ijtimoiy tarmoqdan bir oyda kamida bir marta bo‘lsa ham foydalanadiganlar soni 1,94 milliard kishini tashkil qilmoqda. 2016 yilning birinchi kvartalida Facebook foydalanuvchilari soni 1,65 milliard kishi edi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bir yilda 17 foizga oshdi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘iga har kuni 1,28 milliard kishi kiradi. Oldingi yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 18 foiz o‘sdi. O‘shanda bunday foydalanuvchilar 1,09 milliard kishi edi.
Facebook'ning birinchi chorak yakuniga ko‘ra daromadi 8,03 milliard, sof foyda esa 3,06 milliardni tashkil qildi. Har ikki ko‘rsatkich tahlilchilar kutayotgan natijani yaxshiladi va 2016 yilga nisbatan yaxshiroq bo‘ldi. 2016 yil birinchi choragida Facebook 5,38 milliard daromad va 1,73 milliard sof foyda ko‘rgandi.
Facebook 2004 yil 4 fevralda Mark Sukerberg va uning Garvard universitetidagi uch kursdoshi tomonidan yaratilgan. Hozirgi kunda Facebook dunyodagi eng etakchi ijtimoiy tarmoqlardan biri sanaladi. Mark Sukerberg bugungi kunga qadar kompaniya rahbari bo‘lib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi