
Foto: YouTube/The Boring Company
Ishbilarmon va milliarder Ilon Mask Los-Anjeles yo‘llaridagi tirbandlik bilan kurashishning yangi usulini taklif qildi, deb xabar qildi Kun.uz sayti. U o‘z g‘oyasini kompyuter grafikasi ko‘rinishida taqdim etdi.
Ixtirochining g‘oyasiga ko‘ra, er osti tunnellarining keng tarmog‘i megapolisni tirbandlikdan qutqarishi mumkin. Avtomobil maxsus platformaga kiradi va liftda er ostiga tushadi. Shundan so‘ng platforma soatiga 200 kilometr tezlikda mashinani kerakli joyga etkazadi.

Foto: YouTube/The Boring Company
Shu tariqa, shahar chekkasidan markazga olib boruvchi yo‘lga atigi bir necha daqiqa ketadi. Test tunneli Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi hududida barpo qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar