Valsga tusha oladigan insonga o‘xshash robot ijtimoiy tarmoqlarda e’tiborga tushdi

Xitoyning UBTECH kompaniyasi tomonidan yaratilgan UWORLD gumanoid roboti vals raqsini ijro eta olishi tufayli ijtimoiy tarmoqlarda e'tibor qozondi. Robot inson tashqi qiyofasiga imkon qadar yaqin qilib tayyorlangan bo'lib, uning yuziga silikon teri qo'llangan va sochlari tabiiy materialdan ishlangan. Shuningdek, ayol qiyofasidagi modelning bo'yi 1,6 metrgacha, erkak qiyofasidagisi esa 1,85 metrgacha yetishi mumkin va xaridorlarga 50 xil dizayn varianti taklif etilmoqda.
Xitoyning UBTECH kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan UWORLD gumanoid roboti vals raqsini bajara olishi bilan e’tiborga tushdi.
Robot inson tashqi qiyofasiga imkon qadar yaqin ko‘rinishda tayyorlangani aytilmoqda. Uning yuzida silikon teri qo‘llangan, soch qismi esa tabiiy sochga o‘xshash materialdan ishlangan. Ko‘z dizayni ham odam ko‘ziga yaqin ko‘rinishda tayyorlangan.
UWORLD robotlarining bo‘yi modeliga qarab farq qiladi. Ayol qiyofasidagi robot 1,6 metrgacha, erkak qiyofasidagi robot esa 1,85 metrgacha bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, xaridorlar robotning tashqi ko‘rinishini o‘z xohishiga ko‘ra tanlay oladi. Kompaniya 50 xil dizayn variantini taklif qilmoqda.
Bunday robotlar xizmat ko‘rsatish, ko‘rgazmalar va ko‘ngilochar texnologiyalar sohasida qo‘llanishi mumkinligi aytilmoqda.































Izohlar 0
…