O‘zbekistonda internet trafikni uzatuvchi yangi hudud tashkil etiladi. Hozircha, «Tas-ix 2» deb nomlanayotgan loyiha ustida jiddiy ish olib borilmoqda. Bu haqda «O‘zbektelekom» AJ bosh direktori Shuhrat Qodirov Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi, deydi Kun.uz sayti.
Loyihaga ko‘ra, jahon internet tarmog‘ining o‘zbek segmenti yanada sifatli va arzon tarkib bilan boyitiladi. Ayni chog‘da, o‘zbekistonlik foydalanuvchilar ko‘proq tashqi kanalga murojaat qiladi.
«Bozordagi barcha mahalliy tarkibni boyitish ustida ishlashi kerak. Mahalliy trafikni ayirboshlash uchun joy bo‘lishi kutilayotgan «Tas-ix 2» tarkib generatorlari uchun foydali vosita bo‘lishi kerak. Biz shu masala ustida ishlayapmiz. U foydalanuvchilar uchun ancha arzon ham bo‘ladi. Tez orada buni e’lon qilamiz», – dedi Qodirov.
Hozirda, O‘zbekistonda mahalliy internet tarmog‘i hisoblanuvchi TAS-IX maydonidan foydalanish barcha internet provayderlari tomonidan bepul taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda