12:15 / 23.05.2017
7 247

O‘zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo‘ladi
O‘zbekistonda universal banklararo chakana to‘lov tizimi GlobUzCard yaratilmoqda, deb yozadi Hordiq.uz nashri.
Tizim Markaziy bank boshqaruvining 2017 yil 8 apreldagi qarori bilan tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Adliya vazirligi hujjatni 2017 yil 15 may kuni tasdiqladi.

Markaziy bank qarorida aytilishicha, yangi tizim xalqaro to‘lov tizimlari bilan integrasiyalashadi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda “Yagona xalqaro prosessing markazi” qo‘shma korxonasi tashkil etiladi. Korxona GlobUz prosessing markazi funksiyasini bajaradi.

GlobUzCard Visa, MasterCard, Union Pay International, JCB, American Express, Diners Club va boshqa xalqaro to‘lov tizimlari bilan aloqalar o‘rnatadi. Bu chet elda GlobUz bank kartalaridan va O‘zbekiston hududida xorijiy banklar kartalaridan chet el valyutasida amaliyotlar o‘tkazish imkonini yaratadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo‘ladi