
O‘zbekistonda 2017 yilning 19 mayidan boshlab provayderlar uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s uchun (tashqi kanalda) 67,63 dollarga tushirildi. Bu haqda «O‘zbektelekom» AJ bergan ma’lumotga asoslanib Sof.uz xabar qildi.
O‘zbekistonda provayderlar uchun internet xizmati narxi o‘tgan besh oy davomida o‘n birinchi bor arzonlashdi.
Tariflar 2017 yil 1 yanvardan 1 Mbit/s uchun $91,07, 6 yanvardan $87,57, 10 yanvardan $86,85, 2 fevraldan $86,11, 16 fevraldan $80,94, 3 martdan $76,61, 30 martdan $76,48, 4 apreldan $75,80, 6 apreldan $71,68, 21 apreldan $67,85 ga tushirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda tariflar o‘n ikki marta arzonlashgan. 2016 yil yanvar oyidan dekabr oyigacha narxlar 1 Mbit/s uchun $156,24dan $91,50gacha tushirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar