16:30 / 31.05.2017
6 508

«Yandeks» haydovchisiz taksini ilk bor ko‘rsatdi (video)

«Yandeks» haydovchisiz taksini ilk bor ko‘rsatdi (video)
«Yandeks» YouTube’dagi kanalida avtomatik boshqariluvchi taksi sinovlari tasvirlangan ilk rolikni e’lon qildi. Videoga ko‘ra, mashina sanoat zonasida sinovdan o‘tkazilgan.

Rolikda avtomobil kompaniya xodimlaridan birini olib kelishi va yo‘lda turgan yuk mashinasini mustaqil ravishda aylanib o‘tishi tasvirlangan. Shuningdek, taksi bir necha bochkadan iborat to‘siqlar va ikki piyodani ham aylanib o‘tgan.

«Yandeks» vakillarining TechCrunch’ga aytishlaricha, videoda haydovchisiz avtomobil prototipi ko‘rsatilgan. Kompaniyadan aniqlik kiritilishicha, mutaxassislar «Yandeks.Karta» va «Yandeks.Navigator» servislari uchun mo‘ljallangan ishlanmalar, shuningdek, mashinani boshqarish va kompyuter «ko‘zi» kabi texnologiyalardan foydalanishgan.

«Biz «Yandeks.Navigator» foydalanuvchilarining anonim ma’lumotlarini ishlatmoqdamiz, ular avtomobilni tirbandlikka ega shaharlar, tezlik darajasi cheklanganida, yopib qo‘yilgan yo‘llar va boshqa vaziyatlarda qanday boshqarish kerakligini tushunishda yordam beradi», - deydi «Yandeks.Taksi» matbuot kotibi Vladimir Isaev.

Isaevning so‘zlariga ko‘ra, «Yandeks» kompyuter «ko‘zi» texnologiyasini boshqa servislarda ham ishlatgan bo‘lib, bu avtoturargoh bo‘sh joylarini qidirish va yo‘l belgilarini baholashda qo‘l kelgan.

Rolikda mashinada Nvidia GTX GPU videokartasi va Velodyne LiDAR yon-atrofni o‘rganish texnologiyasi o‘rnatilganini ko‘rish mumkin. «Yandeks»da ma’lum qilinishicha, ushbu bosqichda o‘zlarida ishlab chiqarilgan texnologiya foydalaniladi, biroq, ehtimoliy sheriklar bilan muzokaralar o‘tkazilayotganini tasdiqlashdi.

«Yandeks» vakili Matvey Kireevning so‘zlariga ko‘ra, ularning haydovchisiz taksisi shahar ko‘chalarida sinovdan o‘tkazilmagan, biroq, bu bilan yil davomida shug‘ullanish mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Yandeks» haydovchisiz taksini ilk bor ko‘rsatdi (video)