Samsung Galaxy S26 smartfoni cho‘ntakda portlab, egasini jarohatladi

Samsung Galaxy S26 seriyasiga mansub ekani taxmin qilinayotgan smartfon egasining cho'ntagida yonib ketib, yigitning tanasi va qo'llarini og'ir kuydirdi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, qurilma esa hodisadan oldin qizib ketgan va alanga kiyimga o'tgan. Telefon Grand Venice Mall savdo majmuasidagi mahalliy DG.com do'konidan atigi bir oy avval xarid qilingan bo'lib, dastlabki tahlillarda hodisaga akkumulyatorning ishdan chiqishi sabab bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.
Smartfonlarning xavfsizligi yana bir bor jiddiy muhokazalar markaziga chiqdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, Samsung Galaxy S26 flagman qurilmalaridan biri egasining choʻntagida kutilmaganda yonib ketgan. Natijada yigit tanasining turli qismlaridan ogʻir kuyish jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hodisa jabrlanuvchining shimlari choʻntagida yuz bergan. Guvohlar va jabrlanuvchining soʻzlariga koʻra, gadjet avval juda qizib ketgan, shundan soʻng esa darhol alanga olgan. Yigit yonayotgan telefonni choʻntagidan tezda chiqarib olishga urinishi chogʻida qoʻllarini ham kuytirib olgan.
Hodisa tafsilotlari va oqibatlari
Olov tez fursatda kiyimga ham oʻtib, erkakning tana quyi qismiga jiddiy shikast yetkazgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga yetkazilib, malakali tibbiy yordam koʻrsatilgan. Mutaxassislar uning ahvolini barqarorlashtirishga harakat qilishmoqda.Maʼlum boʻlishicha, ushbu mobil qurilma atigi bir oy muqaddam xarid qilingan boʻlgan. Uni Grand Venice Mall savdo majmuasidagi mahalliy DG.com doʻkonidan sotib olishgan. Jabrlanuvchining taʼkidlashicha, fojiali holatga qadar gadjet hech qanday nosozliklarsiz, normal rejimda ishlab kelgan.
Ehtimoliy sabablar
Garchi qurilmaning aniq modeli toʻliq oshkor etilmagan boʻlsa-da, hodisa joyidan olingan suratlarga asoslanib, bu Galaxy S26 seriyasidagi qurilma ekanligi taxmin qilinmoqda. Tarqalgan kadrlarda korpus butunlay yaroqsiz holatga kelgani va akkumulyator toʻliq yoʻq boʻlib ketgani yaqqol koʻrinib turibdi.Dastlabki tahlillar va shikastlanish xususiyatiga koʻra, favqulodda vaziyatning asosiy sababi sifatida akkumulyatorning ishdan chiqishi koʻrsatilmoqda. Hozirda ushbu nosozlik nima sababdan kelib chiqqani va ishlab chiqarish nuqsoni bor-yoʻqligi boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlar talab etiladi.






























Izohlar 0
…