Kosmosda Doom: afsonaviy oʻyin RUVDS sunʼiy yoʻldoshida ishga tushirildi

RUVDS kompaniyasining maxsus sun'iy yo'ldosh platformasida afsonaviy Doom shuteri Raspberry Pi Zero bort kompyuteri yordamida ishga tushirildi. Sun'iy yo'ldoshning hisoblash muhitiga ulanish RUVDS hamda «Pyatoe pokoleniye» OKB hamkorligida yaratilgan Console Gate tizimi orqali ta'minlandi.
RUVDS kompaniyasining maxsus sunʼiy yoʻldosh platformasida afsonaviy Doom shuterini ishga tushirishdi. Mazkur noodatiy tajriba apparatning ochiq sinovlari doirasida amalga oshirilgan boʻlib, foydalanuvchilarga oʻz dasturiy taʼminotini bevosita orbitada sinab koʻrish imkoniyati taqdim etildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com nashrining yozishicha, bu gal oʻyinni yurgazish uchun Raspberry Pi Zero bort kompyuteridan foydalanilgan. Sunʼiy yoʻldoshning hisoblash muhitiga ulanish esa RUVDS hamda «Pyatoe pokolenie» OKB hamkorligida yaratilgan Console Gate tizimi orqali taʼminlangan.
Orbital platforma imkoniyatlari
Eslatib oʻtamiz, RUVDSSat1 deb nomlangan mazkur sunʼiy yoʻldosh joriy yilning fevral oyida koinotga uchirilgan edi. Ushbu apparatning asosiy vazifasi dasturchilar va radiohavaskorlarga oʻz dasturlarini real kosmik sharoitlarda sinovdan oʻtkazish uchun sharoit yaratib berishdan iborat.Hozirda boshlangan ochiq testlar sunʼiy yoʻldosh faoliyatidagi yakuniy bosqich hisoblanadi. Oʻtgan davr mobaynida apparat nafaqat dasturiy taʼminotni sinadi, balki Shimoliy qutb ustidagi stratosfera platformasi bilan aloqani taʼminlash va koinot texnikasi uchun axborot xavfsizligi tizimini sinovdan oʻtkazish ishlarida ham qatnashdi.
Noodatiy qurilmadagi sinovlar
Kosmosda Doom oʻyinining ishga tushirilishi loyihaning eng eʼtiborga molik eksperimentlaridan biriga aylandi. Bu kabi tajribalar orbital platformalarning turli murakkab dasturiy yechimlar va vazifalarni bajarishda qanchalik moslashuvchan ekanini yaqqol koʻrsatib beradi.Mutaxassislarning fikricha, bunday loyihalar kelgusida kichik sunʼiy yoʻldoshlar yordamida turli xil hisob-kitoblar va texnologik yechimlarni kosmosda sinash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.






























Izohlar 0
…