
Qurilmaning olti yadroli prosessori planshetdagi grafikani yaxshilashga imkon beradi: iPad Pro’ning avvalgi avlodi bilan solishtirganda 40 foizga va birinchi iPad’dan 500 barobarga yaxshiroq.
Ekran atrofidagi ramkalar 40 foizga kamaydi. Ishlab chiqaruvchilar buning hisobidan nafaqat ekranni 10,5 dyuymga qadar kengaytira olishdi, balki unga to‘la hajmli virtual klaviaturani ham joylashtirishdi. Planshetga ulanuvchi jismoniy klaviatura ham endilikda to‘la hajmli bo‘ladi.
Yangi iPad Pro’da Apple Pencil “aqlli qalam” bilan ishlash ham yaxshilandi. Foydalanuvchilar nafaqat qo‘lda izoh yozib qoldirishlari va skrinshotlarda belgi qo‘yib qo‘yishlari, balki hujjatlarni kamera yordamida skanerdan o‘tkazib, ularni Apple Pencil yordamida qurilmaning o‘zida imzolashlari ham mumkin.

iPad Pro yangi funksiyalarining katta qismi iOS 11 yangilanishi bilan bog‘liq. U o‘z ichiga ob’ektlarni ilovalar orqali olib o‘tish imkoniyatiga ega ko‘p vazifalilik, shuningdek, barcha saqlash joylarini bir ilovaga jamlagan Files utilitasini qamrab oladi.
Yangi iPad Pro’ning narxi 649 dollardan boshlanadi. 13 dyuymli versiyadagi yangilangan planshetning maksimal komplektasiyasi 1099 dollarga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar