
Apple vakillari so‘zlariga ko‘ra, yangi ishchi stansiya mashinada o‘qitish, real vaqtdagi 3D-rendering va VR-grafikani yaratish uchun “juda mos tushadi”.
Ishlab chiqaruvchanlik darajasi – 11 teraflopsgacha, 16 GB va 128 GB.lik Radeon Vega videokartasi. Kompyuterlarda to‘rtta Thunderbolt porti va yangi sovutish tizimi o‘rnatiladi.
iMac Pro’ning sakkiz yadroli prosessor, 32 GB.lik operativ xotira va 1 TB.lik jismoniy xotiraga ega boshlang‘ich versiyasi dekabrda 4999 dollardan sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, Apple iMac’ning yangilangan versiyalarini taqdim etdi, ularda 2 TB.lik yaxshilangan SSD-disklari bo‘ladi. Operativ xotira 32 GB bo‘lgan versiyada 21,5 dyuymli, 64 GB.likda esa – 27 dyuymli displey o‘rnatiladi.

4K-displeyga ega iMac 1299 dollar tursa, 5K kenglikka ega va 27 dyuymlik ekranlisi – 1799 dollar. 21,5 dyuymli ekranga ega versiya esa 1099 dollar turadi. Barcha kompyuterlar joriy yilning so‘nggiga qadar sotuvga chiqadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar