12:28 / 12.06.2017
11 419

iPhone SE rekord daraja — 35% ga arzonlashdi!

iPhone SE rekord daraja — 35% ga arzonlashdi!
Apple’ning 4 dyuymli ekranga ega iPhone SE smartfonining narxi jahon bozorida keskin pasayib, rekord darajada arzonlashib ketdi. Yangi smartfon ilk sotuvga chiqqan kunidan bugunga qadar uning bahosi 35% ga arzonlashgan, deb yozmoqda Terabayt.

Jumladan, rossiyalik etkazib beruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 9 oy mobaynida telefon apparati 12 000 rublga, ya’ni 210 AQSh dollariga arzonlashgan. Ayni paytda iPhone SE’ning eng arzon talqini bozorda 367 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan iPhone SE’ning 32 GB talqini uchun taklif qilingan narx 578 AQSh dollari bo‘lsa ham, ko‘pchilik riteylerlar smartfonni bundan ham arzonga sotishmoqda.

iPhone SE Apple’ning eng ommalashgan telefon modellaridan biri. Bunda uning arzon narxlangani ham muhim rol o‘ynaydi. Qolaversa, Android smarftonlari ichida ixcham o‘lcham va tezkor ishlash borasida uning munosib raqibi yo‘qligi ham yaxshi sotilishining muhim omili.

iPhone 5s’ning yangilangan va o‘zida iPhone 6s’ga xos jihatlarni jamlagan bu smartfon 2016 yilda bozorga chiqarilgan. iPhone SE — smartfon tarixidagi 4 dyuymli eng kuchli smartfon. Unga ilg‘or A9 prosessori, 12 Mp kamera, Touch ID barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 may holatida «Malika» savdo markazida iPhone SE’ning iPhone SE’ning 16 gigabaytli «gold» (tilla rang korpusli) talqini 3,060,000, 64 gigabaytli kul rang korpusli talqini 3,720,000 hamda 64 Gb tilla rang, kumush rang talqinlari 3,470,000 so‘mdan sotilmoqda.

Tahlillarga e’tibor qaratsak, bizning bozorda iPhone SE’ning narxi o‘sib ketayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Misol uchun, 2017 yilning 11 may holatida iPhone SE’ning iPhone SE’ning 16 gigabaytli «gold» (tilla rang korpusli) talqini 2,960,000 so‘mdan sotilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone SE rekord daraja — 35% ga arzonlashdi!